Qatar Amiri Toshkentga keldi

19 Dek 2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy amaliy tashrif bilan Toshkentga keldi.

Xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonni Prezidentimiz kutib oldi.

Bugun O‘zbekiston va Qatar yetakchilarining muzokaralari bo‘lib o‘tadi. Davlat rahbarlari Qatar Amiri tashabbusi bilan ta’sis etilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mukofot bilan taqdirlash marosimida ishtirok etadilar.

Related