Qozog‘iston rahbari O‘zbekiston yetakchisini tavallud kuni bilan samimiy qutladi

24 Iyul 2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat  Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev 24-iyul kuni telefon orqali muloqot qildilar.

Qozog‘iston yetakchisi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, mustahkam sog‘lik, farovonlik va yangi muvaffaqiyatlar, qardosh O‘zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.

Yetakchilar yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish va mustahkamlash masalalarini atroflicha ko‘rib chiqdilar.

Hukumatlararo komissiyaning Toshkent shahrida va qo‘shma Ishchi guruhning Ostona shahrida o‘tgan navbatdagi yig‘ilishlarining samarali natijalari mamnuniyat bilan qayd etildi.

Tovar ayirboshlash hajmini oshirish borasidagi sa’y-harakatlarni davom ettirish, sanoat tarmoqlari va infratuzilma sohasida kooperatsiya loyihalarini ilgari surish, shuningdek, qo‘shma madaniy tadbirlarni muntazam o‘tkazish orqali faol gumanitar almashinuvni rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi.

Mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi, bo‘lajak oliy darajadagi muloqotlar rejasi ko‘rib chiqildi.

Related