Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Insonparvarlik yordami boʻyicha xalqaro koʻp funksiyali transport-logistika xabi tashkil etilgani toʻgʻrisida rasmiy axborot

24 Iyun 2022

Bugungi kunda dunyoning ko‘plab hududlarida koronavirus pandemiyasining og‘ir iqtisodiy oqibatlari, global ta’minot va logistika zanjirlarining uzilishi hamda halokatli iqlim o‘zgarishi tufayli insonparvarlik inqirozi tahdidi kuchaymoqda.

 

Afg‘onistonda davom etayotgan og‘ir gumanitar vaziyat alohida tashvish uyg‘otadi. Bugun afg‘on xalqi jiddiy ijtimoiy-iqtisodiy muammolarga duch kelmoqda.

 

BMT hisob-kitoblariga ko‘ra, ushbu mamlakat aholisining deyarli yarmi, ya’ni 18 million kishi hayoti insonparvarlik yordamiga bog‘liq. Besh yoshgacha bo‘lgan afg‘on bolalarining yarmidan ko‘pi yaqin kelajakda to‘yib ovqatlanmaslikdan aziyat chekishi kutilmoqda.

 

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasidagi nutqida xalqaro hamjamiyat e’tiborini ushbu muhim masalaga qaratib, “Hozirgi qiyin davrda Afg‘onistonni yakkalab, uni muammolar girdobiga tashlab qo‘yish mumkin emas” deya ta’kidlagan edi.

 

Afg‘oniston va boshqa davlatlarga insonparvarlik yuklarini tizimli, markazlashtirilgan hamda manzilli yetkazib berish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq Surxondaryo viloyatidagi “Termiz Kargo Markazi” logistika terminaliga Insonparvarlik yordami ko’rsatish bo’yicha ko’p funksiyali transport-logistika xabi maqomi berildi.

 

Xalqaro xab barcha zarur infratuzilma – Afgʻoniston bilan bogʻlovchi xalqaro aeroport, daryo porti, temir yoʻl va avtomobil yoʻllari, shuningdek, Afg’oniston chegarasi yaqinida joylashgan va eng zamonaviy texnologiya va uskunalar bilan jihozlangan “Termiz Cargo Center” nomli yagona yirik logistika terminaliga ega.

 

Birlashgan Millatlar Tashkiloti rahbariyati, boshqa nufuzli xalqaro tashkilotlar va koʻplab davlatlar Oʻzbekistonning Termiz shahrida mavjud imkoniyatlardan foydalangan holda Afgʻonistonga insonparvarlik yordam koʻrsatish borasidagi saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlamoqda.

 

O‘zbekiston birodar Afg‘oniston xalqiga har tomonlama yordam ko‘rsatmoqda. 2021-yil sentabr va dekabr oylarida respublika Hukumati Termiz shahri orqali umumiy hajmi 5 ming tonnadan ortiq boʻlgan ikkita yirik gumanitar yukni yetkazib berdi. 2022-yil 30-aprel kuni musulmonlarning muqaddas Ramazon Hayiti bayrami arafasida mamlakatimizdan Afg‘oniston xalqiga 4 ming tonnaga yaqin insonparvarlik yuki yetkazildi. Bu gumanitar yordamning barchasi oziq-ovqat, dori-darmon, kiyim-kechak, to’qimachilik mahsulotlari, bug’doy va ko’mirdan iborat edi.

 

Oʻzbekiston Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi infratuzilma va transport-logistika obyektlaridan foydalangan holda xalqaro tashkilotlar hamda ayrim davlatlarga Afgʻonistondagi gumanitar faoliyatlarida ko‘mak bermoqda. 2021-yil dekabr Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi (QBOKB) Termizdan Afg‘onistonga 40 tonna asosiy zaruriy mahsulotlardan iborat insonparvarlik yordamining birinchi partiyasini jo‘natdi. 2022-yil fevral oyida QBOKB Afgʻonistondan ehtimoliy qochqinlar oqimiga tayyorgarlik koʻrish uchun Termizdan Tojikistonga 20 tonnaga yaqin birlamchi ehtiyoj mahsulotlaridan iborat yordam joʻnatgan. QBOKB Termiz shahridagi vakolatxonasiga Insonparvarlik yuklarini yetkazib berish geografiyasini kengaytirish imkoniyatiga ega hududiy gumanitar logistika markazi maqomini berdi.

 

BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi (JOOD) tomonidan Termizdan Afg‘onistonga muntazam ravishda insonparvarlik yuklari jo‘natiladi. JOOD ma’lumotlariga ko’ra, 2021-yil noyabridan bugungi kunga qadar Termiz orqali Afgʻonistonga 42 ming tonnaga yaqin oziq-ovqat mahsulotlari yetkazildi.

 

Bundan tashqari, Xalqaro migratsiya tashkiloti, Xalqaro qizil xoch qo‘mitasi, Yevropa Ittifoqi va boshqa xalqaro tuzilmalar hamda xorijiy davlatlar ham O‘zbekistonning tranzit salohiyatidan foydalanishdan manfaatdor.

 

Xalqaro markazning tashkil etilishi jahon hamjamiyatining afg‘on masalasidagi manfaatlari va sa’y-harakatlariga mos keladi. Eng muhimi, bu Afg‘oniston xalqiga eng zarur tovarlarni tezkorlik bilan yetkazib berish va shu orqali afg‘on xalqiga gumanitar inqirozni bartaraf etishda samarali yordam ko‘rsatish imkonini beradi.

 

O‘zbekiston bu borada barcha xalqaro sheriklar bilan faol hamkorlik qilishga tayyor.

Official announcement on the establishment of an International Multifunctional Transport and Logistics Hub for Humanitarian Assistance on the initiative of the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev

Today, the threat of a humanitarian crisis is growing in many regions of the world, associated with the severe economic consequences of the coronavirus pandemic, disruption of global supply chains and logistics, as well as destructive climate change.

 

The continuing grave humanitarian situation in Afghanistan is of particular concern. Today, the Afghan people are facing serious socio-economic problems.

 

According to UN estimates, almost half of the country’s population – 18 million people – is vitally dependent on humanitarian aid. More than half of all Afghan children under the age of five will suffer from malnutrition in the near future.

 

Drawing the attention of the international community to this important problem, President of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev, during his speech at the 76th session of the UN General Assembly, emphasized that «in the current difficult period, it is impossible to isolate Afghanistan, leave it alone with the existing big problems.»

 

In order to ensure systematic, centralized and targeted delivery of humanitarian goods to Afghanistan and other countries, in accordance with the Decree of the President of the Republic of Uzbekistan, the Termez Cargo Center logistics terminal in Surkhandarya region has been given the status of an International Multifunctional Transport and Logistics Hub for Humanitarian Assistance.

 

The international hub has all the necessary infrastructure – an international airport, a river port, a railway and highways connecting with Afghanistan, there is also a one-of-a-kind large logistics terminal «Termez Cargo Center», located in close proximity to the Afghan border and equipped with the most modern technology and equipment.

 

The leadership of the United Nations, other leading international organizations and many states support Uzbekistan’s efforts to provide humanitarian assistance to Afghanistan using the available opportunities in Termez.

 

Uzbekistan provides all possible assistance to the fraternal people of Afghanistan. In September and December 2021 the Government of the Republic delivered two large humanitarian cargoes with a total volume of more than 5 thousand tons through Termez. On April 30, 2022, on the eve of the holy Muslim holiday of Ramadan Eid, our country delivered about 4 thousand tons of humanitarian cargo to the people of Afghanistan. All this humanitarian aid consisted of food, medicine, clothing, textile products, wheat and coal.

 

Uzbekistan, using infrastructure and transport and logistics opportunities in the city of Termez in Surkhandarya region, assists international organizations and individual countries in carrying out their humanitarian activities in Afghanistan. In December 2021, the Office of the United Nations High Commissioner for Refugees (UNHCR) sent the first batch of humanitarian aid from Termez to Afghanistan, consisting of 40 tons of basic necessities. In February 2022, the Office sent 20 tons of humanitarian aid with basic necessities from Termez to Tajikistan as part of assistance in preparing for a possible influx of refugees from Afghanistan. UNHCR has given the Management office in Termez the status of a Regional Humanitarian Logistics Hub  with the possibility of expanding the geography of humanitarian cargo deliveries.

 

The UN World Food Program (WFP) regularly sends humanitarian supplies from Termez to Afghanistan. According to the WFP, from November 2021 to the present, about 42 thousand tons of food products have been sent through Termez to Afghanistan.

 

In addition, the International Organization for Migration, the International Committee of the Red Cross, the European Union and other international structures and foreign countries are also interested in using the transit potential of Uzbekistan.

 

The creation of an International Hub corresponds to the interests and efforts of the international community in the Afghan issue. The most important thing is that this will make it possible to promptly deliver essential goods to the people of Afghanistan and, thus, provide effective assistance to the Afghan people in overcoming the humanitarian crisis.

 

Uzbekistan is ready for active cooperation in this matter with all international partners.

Related