O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston-Tojikiston sammitining ikkinchi kuni tadbirlarida ishtirok etish uchun Buxoro shahriga keldi.
Buxoro xalqaro aeroportida davlatimiz rahbari mamlakatimizda davlat tashrifi bilan bo‘lib turgan Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonni kutib oldi.
Tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi. Oliy martabali mehmon sharafiga milliy qo‘shiq va raqslar ijro etildi.
Bugun yetakchilar qadimiy Buxoroning tarixiy obidalarini ziyorat qiladilar. Sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishish ham ko‘zda tutilgan.
