Oʻzbekiston Prezidenti Qozogʻistonga joʻnab ketdi

15 May 2026

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etish uchun ushbu mamlakatga joʻnab ketdi.

“Sunʼiy intellekt va raqamli rivojlanish” mavzusida oʻtkaziladigan yigʻilish kun tartibidan savdo-iqtisodiyot, investitsiya, transport-kommunikatsiya va ekologiya sohalarida mintaqaviy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari oʻrin olgan.

Yetakchilar raqamli infratuzilmani rivojlantirish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish hamda sunʼiy intellektni amalda qoʻllashga alohida eʼtibor qaratadilar.

 

Related