
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Albaniya Respublikasi Prezidenti Bayram Begay rafiqasi hamrohligida 16-17-iyun kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda boʻladi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan oliy darajadagi muzokaralarda Oʻzbekiston va Albaniya oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi.
Savdo, sanoat kooperatsiyasi, qishloq xoʻjaligi, “yashil” energetika va turizm kabi ustuvor yoʻnalishlarda hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari eʼtibor markazida boʻladi. Madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirish ham koʻrib chiqiladi.
Xalqaro kun tartibidagi masalalar, jumladan, koʻp tomonlama platformalar doirasida oʻzaro qoʻllab-quvvatlash yuzasidan ham fikr almashish rejalashtirilgan.
Tashrif dasturi doirasida Albaniya Prezidenti V Toshkent xalqaro investitsiya forumida ham ishtirok etadi.