Germaniya Federal Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi

17 Iyun 2026

Koʻksaroy qarorgohida mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerni kutib olish marosimi boʻldi.

Qarorgoh oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qarshi olib, shohsupaga taklif etdi.

Oʻzbekiston va Germaniya davlat madhiyalari yangradi. Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan oʻtib, rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini bir-birlariga tanishtirdilar.

Marosim yakunida birgalikda suratga tushildi, soʻng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

Related