Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlari “Boku” mehmonxonasining ochilish marosimida ishtirok etdilar

31 Iyul 2026

Norasmiy Maslahat uchrashuvi doirasida Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlari Issiqkoʻl sohilida yangi besh yulduzli “Boku” mehmonxonasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdilar.

Yetakchilar zamonaviy mehmonxona majmuasida tashrif buyuruvchilar dam olishi va xalqaro tadbirlarni oʻtkazish uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.

Mehmonxona 17,2 gektar maydonda joylashgan boʻlib, umumiy maydoni qariyb 30 ming kvadrat metr boʻlgan 120 dan ortiq xonali yetti qavatli binoni, basseyn, akvapark, sport va koʻngilochar infratuzilmani oʻz ichiga oladi.

Related