Energetika tarmog‘i uchun talabgir mahsulotlar

14 Okt 2024

Yangiyo‘l tumanidagi “Tinchlik” kichik sanoat zonasi Toshkent viloyati iqtisodiyotida o‘ziga xos o‘ringa ega. Bu yerdagi korxonalarda mahalliylashtirilgan, bozorbop mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.

Aholi va iqtisodiyot o‘sishi bilan energiya manbalariga talab ko‘paymoqda. Masalan, so‘nggi to‘rt yilda Toshkent viloyatida elektr iste’moli 20 foiz oshgan. Bu boradagi tanqislikni qoplash maqsadida umumiy qiymati 1,5 milliard dollar, quvvati 805 megavattdan ortiq bo‘lgan 5 ta loyiha amalga oshirilmoqda.

Bunda “yashil” energetika manbalariga keng o‘rin berilgan. “Tinchlik” kichik sanoat zonasidagi “Enter Green Solar” korxonasida buning uchun zarur quyosh panellari hamda turli xil kabellar ishlab chiqariladi.

Davlatimiz rahbari sanoat zonasiga tashrifi chog‘ida mazkur loyiha bilan ham tanishdi.

– Bunday yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarayotgan mahalliy korxonalarimizni qo‘llab-quvvatlab, faoliyatini kengaytirishiga yanada ko‘proq sharoit yaratishimiz kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Umumiy qiymati 7 million dollar bo‘lgan mazkur korxonaga Italiyaning “Ecoprogetti” kompaniyasi uskunalari o‘rnatilgan. Ular asosida yiliga 377 ming dona yuqori sifatli quyosh paneli ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Korxonaning o‘zida ham quvvati 125 kilovatt bo‘lgan panellar qo‘yilgan. Bu yerda 100 kishi mehnat qilmoqda.

Related

ТАРАҚҚИЁТ СТРАТЕГИЯСИ
Migratsiya agentligi samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi
20. Apr 2026
ТАРАҚҚИЁТ СТРАТЕГИЯСИ
Миграция агентлиги самарадорлигини ошириш масалалари муҳокама қилинди
20. Apr 2026
ТАРАҚҚИЁТ СТРАТЕГИЯСИ
“Янги Ўзбекистон ёшлари – 2030” стратегияси амалга оширилади
20. Apr 2026
ТАРАҚҚИЁТ СТРАТЕГИЯСИ
“Yangi Oʻzbekiston yoshlari – 2030” strategiyasi amalga oshiriladi
20. Apr 2026
ТАРАҚҚИЁТ СТРАТЕГИЯСИ
Ўзбекистон ва Қозоғистон: рақамли ҳамкорлик янги босқичда Сўнгги йилларда Ўзбекистон ва Қозоғистон ўртасида ахборот-коммуникация технологиялари (АКТ) соҳасидаги ҳамкорлик изчил равишда кенгайиб, стратегик аҳамият касб этмоқда. Бу ҳамкорлик нафақат икки давлат ўртасидаги иқтисодий алоқаларни мустаҳкамламоқда, балки Марказий Осиёда ягона рақамли маконни шакллантиришга хизмат қилмоқда. Мустаҳкам ҳуқуқий пойдевор
20. Apr 2026
ТАРАҚҚИЁТ СТРАТЕГИЯСИ
“Жамоат саломатлиги ва хавфсизлигини таъминлаш мақсадида трансмиллий наркотаҳдидларга қарши курашиш” мавзусидаги халқаро форум иштирокчиларига
19. Apr 2026