Muzokaralar natijalari kelishuvlarda mustahkamlandi

02 Iyul 2025

Bok-u shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishi qarorini qabul qildilar.

Davlat rahbarlari huzurida qator ikki tomonlama hujjatlar almashildi. Shu jumladan:

– Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani 2025-2029-yillarda amalga oshirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi»;

– Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo bitim;

– Fan, kasb-hunar va oliy ta’lim sohalarida hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo bitim;

– 2025-2026-yillarga mo‘ljallangan sanoat kooperatsiyasi dasturi;

– 2030-yilga qadar tovar ayirboshlashni 1 milliard dollarga yetkazish dasturi;

– 2025-2027-yillarda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha amaliy harakatlar rejasi;

– 2025-2027-yillarda ijtimoiy himoya sohasida hamkorlik bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi;

– Kemachilik va kemasozlik sohasida hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;

– Toshkent viloyati va Sumgait shahri, Navoiy va Gabala shaharlari o‘rtasida birodarlik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi kelishuvlar.

Related

ТАРАҚҚИЁТ СТРАТЕГИЯСИ
Migratsiya agentligi samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi
20. Apr 2026
ТАРАҚҚИЁТ СТРАТЕГИЯСИ
Миграция агентлиги самарадорлигини ошириш масалалари муҳокама қилинди
20. Apr 2026
ТАРАҚҚИЁТ СТРАТЕГИЯСИ
“Янги Ўзбекистон ёшлари – 2030” стратегияси амалга оширилади
20. Apr 2026
ТАРАҚҚИЁТ СТРАТЕГИЯСИ
“Yangi Oʻzbekiston yoshlari – 2030” strategiyasi amalga oshiriladi
20. Apr 2026
ТАРАҚҚИЁТ СТРАТЕГИЯСИ
Ўзбекистон ва Қозоғистон: рақамли ҳамкорлик янги босқичда Сўнгги йилларда Ўзбекистон ва Қозоғистон ўртасида ахборот-коммуникация технологиялари (АКТ) соҳасидаги ҳамкорлик изчил равишда кенгайиб, стратегик аҳамият касб этмоқда. Бу ҳамкорлик нафақат икки давлат ўртасидаги иқтисодий алоқаларни мустаҳкамламоқда, балки Марказий Осиёда ягона рақамли маконни шакллантиришга хизмат қилмоқда. Мустаҳкам ҳуқуқий пойдевор
20. Apr 2026
ТАРАҚҚИЁТ СТРАТЕГИЯСИ
“Жамоат саломатлиги ва хавфсизлигини таъминлаш мақсадида трансмиллий наркотаҳдидларга қарши курашиш” мавзусидаги халқаро форум иштирокчиларига
19. Apr 2026