O‘zbekiston Prezidenti Saudiya Arabistonining yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi

11 Iyun 2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xorijiy investorlar kengashi majlisi doirasida O‘zbekiston-Saudiya Ishbilarmonlar kengashi hamraisi, «ACWA Power» kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan boshchiligidagi yirik kompaniyalar delegatsiyasini qabul qildi.

Uchrashuvda «Vision Invest» va «Riyadh Cables» kompaniyalari rahbarlari ham ishtirok etdi.

Ushbu mamlakat ishbilarmonlari bilan amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish va yurtimizdagi ustuvor loyihalarni jadallashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Saudiyaning «ACWA Power» va boshqa kompaniyalari bilan sermahsul sheriklik yo‘lga qo‘yilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Bugungi kunda qo‘shma loyihalar portfeli 24 milliard dollarga yetgan. «Yashil» energetika sohasidagi loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Toshkent viloyatida “yashil” vodorod ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

Elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish, elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, axborot texnologiyalari, transport, kommunal xo‘jaligi va boshqa yo‘nalishlardagi loyihalarni ilgari surish muhimligi ta’kidlandi.

Related

ТАРАҚҚИЁТ СТРАТЕГИЯСИ
Migratsiya agentligi samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi
20. Apr 2026
ТАРАҚҚИЁТ СТРАТЕГИЯСИ
Миграция агентлиги самарадорлигини ошириш масалалари муҳокама қилинди
20. Apr 2026
ТАРАҚҚИЁТ СТРАТЕГИЯСИ
“Янги Ўзбекистон ёшлари – 2030” стратегияси амалга оширилади
20. Apr 2026
ТАРАҚҚИЁТ СТРАТЕГИЯСИ
“Yangi Oʻzbekiston yoshlari – 2030” strategiyasi amalga oshiriladi
20. Apr 2026
ТАРАҚҚИЁТ СТРАТЕГИЯСИ
Ўзбекистон ва Қозоғистон: рақамли ҳамкорлик янги босқичда Сўнгги йилларда Ўзбекистон ва Қозоғистон ўртасида ахборот-коммуникация технологиялари (АКТ) соҳасидаги ҳамкорлик изчил равишда кенгайиб, стратегик аҳамият касб этмоқда. Бу ҳамкорлик нафақат икки давлат ўртасидаги иқтисодий алоқаларни мустаҳкамламоқда, балки Марказий Осиёда ягона рақамли маконни шакллантиришга хизмат қилмоқда. Мустаҳкам ҳуқуқий пойдевор
20. Apr 2026
ТАРАҚҚИЁТ СТРАТЕГИЯСИ
“Жамоат саломатлиги ва хавфсизлигини таъминлаш мақсадида трансмиллий наркотаҳдидларга қарши курашиш” мавзусидаги халқаро форум иштирокчиларига
19. Apr 2026