Tadbirkorlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi

04 Noy 2024

Prezident Shavkat Mirziyoyev 4-noyabr kuni tadbirkorlarning huquqiy himoyasini kuchaytirishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Mamlakatimizda tadbirkorlarga iqtisodiyotning tayanchi sifatida qaralib, biznes muhiti tobora qulaylashtirib borilmoqda. Mahalladagi yakka tadbirkorlikdan tortib, yirik loyihalargacha qo‘llab-quvvatlanmoqda. Natijada biznesga qiziqish va undan manfaatdorlik oshib bormoqda.

Buning bosh omili hayot talabidan kelib chiqib, tadbirkorlarning o‘z takliflari asosida ish tutilayotganidir.

An’anadagidek, bu yil ham 20-avgust kuni davlatimiz rahbari tadbirkorlar bilan ochiq muloqot qildi. Unda aytilgan muammo va fikrlar asosida tadbirkorlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish, tekshiruvlarni tartibga solishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Unga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan boshlab bitta huquqbuzarlik uchun bitta javobgarlik chorasini belgilash nazarda tutilmoqda. Jumladan, tadbirkorlik faoliyatini yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tmasdan amalga oshirganlik uchun moliyaviy jarima bekor qilinmoqda.

Shuningdek, raqamli markirovkalash qoidalarini hamda fiskal belgilarni aks ettirish tartibini buzish, xodimlar sonini yashirish uchun ma’muriy javobgarlik bekor qilinadi.

Nizolar hal qilinishini yengillishtirish maqsadida 2025-yil 1-martdan sudda ish yuritish taraflar kelishuvi bilan tugatilganda davlat bojining bir qismini qaytarib berish tartibi joriy etiladi.

Tadbirkorlar faoliyatini nazorat qilishga vakolatli organlar va ularning nazorat sohalari ro‘yxati tasdiqlanadi. Bunda, ro‘yxatda yo‘q masalalar bo‘yicha tadbirkorlar faoliyatini tekshirish taqiqlanadi. Tadbirkorlar faoliyatida o‘tkaziladigan barcha tekshiruvlar “Yagona davlat nazorati” axborot tizimi orqali xabardor etish tartibida amalga oshiriladi.

2025-yil 1-yanvardan boshlab, tekshiruvlar “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi doirasida tadbirkorlarni 3 ta toifaga ajratgan holda o‘tkaziladi.

Taqdimotda, shunigdek, tadbirkorlar faoliyatida noqonuniy tekshiruvlarning oldini olish, nazorat organlarining tekshiruvchi xodimlari malakasini oshirish bo‘yicha ham fikrlar bildirildi.

Davlatimiz rahbari bu choralarni huquqiy jihatdan takomillashtirish, amaliyotda adolatli qo‘llanishini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Related

ТАРАҚҚИЁТ СТРАТЕГИЯСИ
“Янги Ўзбекистон ёшлари – 2030” стратегияси амалга оширилади
20. Apr 2026
ТАРАҚҚИЁТ СТРАТЕГИЯСИ
“Yangi Oʻzbekiston yoshlari – 2030” strategiyasi amalga oshiriladi
20. Apr 2026
ТАРАҚҚИЁТ СТРАТЕГИЯСИ
Ўзбекистон ва Қозоғистон: рақамли ҳамкорлик янги босқичда Сўнгги йилларда Ўзбекистон ва Қозоғистон ўртасида ахборот-коммуникация технологиялари (АКТ) соҳасидаги ҳамкорлик изчил равишда кенгайиб, стратегик аҳамият касб этмоқда. Бу ҳамкорлик нафақат икки давлат ўртасидаги иқтисодий алоқаларни мустаҳкамламоқда, балки Марказий Осиёда ягона рақамли маконни шакллантиришга хизмат қилмоқда. Мустаҳкам ҳуқуқий пойдевор
20. Apr 2026
ТАРАҚҚИЁТ СТРАТЕГИЯСИ
“Жамоат саломатлиги ва хавфсизлигини таъминлаш мақсадида трансмиллий наркотаҳдидларга қарши курашиш” мавзусидаги халқаро форум иштирокчиларига
19. Apr 2026
ТАРАҚҚИЁТ СТРАТЕГИЯСИ
“Jamoat salomatligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida transmilliy narkotahdidlarga qarshi kurashish” mavzusidagi xalqaro forum ishtirokchilariga
19. Apr 2026
ТАРАҚҚИЁТ СТРАТЕГИЯСИ
Жавоҳир Синдоров шарафига тантанали маросим бўлиб ўтди
17. Apr 2026