Tashqi savdo va transport masalalari muhokama qilindi

23 Iyun 2025

Prezident Shavkat Mirziyoyev 23-iyun kuni tashqi savdo va transport-logistika sohalarida kechiktirib bo‘lmaydigan choralar muhokamasi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

So‘nggi kunlarda Yaqin Sharqda ro‘y bergan harbiy harakatlar shundoq ham notinch vaziyatni yanada keskinlashtirdi. Bu O‘zbekistonning jahonga chiqish yo‘llariga va tashqi savdo aloqalariga salbiy ta’sir etmay qolmaydi.

Shu bois vaziyatni to‘g‘ri baholab, tashqi savdo, investitsiya, transport sohalarida tezkor choralar ko‘rish shartligi qayd etildi.

Xususan, eksport yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilish, yuklarni boshqa xavfsiz portlarga ko‘chirish zarur.  Bu esa, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, tashish xarajatining 30 foizgacha oshishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shu bois hamkor davlatlar bilan muqobil yo‘llarni kelishish, eksportchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Transport vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi hamda boshqa daxldor idoralar rahbarlariga tadbirkorlik subyektlari bilan yaqindan ishlab, eksport-import amaliyotlariga ko‘maklashish, mahsulotlariga qo‘shimcha bozorlar topish vazifasi qo‘yildi. Shu bilan birga, ishlab chiqarishni izchil davom ettirish, ichki bozorda narx barqarorligini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.

Related

ТАРАҚҚИЁТ СТРАТЕГИЯСИ
Migratsiya agentligi samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi
20. Apr 2026
ТАРАҚҚИЁТ СТРАТЕГИЯСИ
Миграция агентлиги самарадорлигини ошириш масалалари муҳокама қилинди
20. Apr 2026
ТАРАҚҚИЁТ СТРАТЕГИЯСИ
“Янги Ўзбекистон ёшлари – 2030” стратегияси амалга оширилади
20. Apr 2026
ТАРАҚҚИЁТ СТРАТЕГИЯСИ
“Yangi Oʻzbekiston yoshlari – 2030” strategiyasi amalga oshiriladi
20. Apr 2026
ТАРАҚҚИЁТ СТРАТЕГИЯСИ
Ўзбекистон ва Қозоғистон: рақамли ҳамкорлик янги босқичда Сўнгги йилларда Ўзбекистон ва Қозоғистон ўртасида ахборот-коммуникация технологиялари (АКТ) соҳасидаги ҳамкорлик изчил равишда кенгайиб, стратегик аҳамият касб этмоқда. Бу ҳамкорлик нафақат икки давлат ўртасидаги иқтисодий алоқаларни мустаҳкамламоқда, балки Марказий Осиёда ягона рақамли маконни шакллантиришга хизмат қилмоқда. Мустаҳкам ҳуқуқий пойдевор
20. Apr 2026
ТАРАҚҚИЁТ СТРАТЕГИЯСИ
“Жамоат саломатлиги ва хавфсизлигини таъминлаш мақсадида трансмиллий наркотаҳдидларга қарши курашиш” мавзусидаги халқаро форум иштирокчиларига
19. Apr 2026