Oʻzbekiston Prezidenti Gruziyaga joʻnab ketdi

02 Iyul 2026

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidzening taklifiga binoan 2-iyul kuni davlat tashrifi bilan Tbilisi shahriga joʻnab ketdi.

Avval xabar qilinganidek, Gruziya poytaxtida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar oʻtkaziladi.

Oʻzbekiston – Gruziya doʻstlik va koʻp qirrali sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari diqqat markazida boʻladi.

Tashrif dasturida madaniy-gumanitar tadbirlarda ishtirok etish ham koʻzda tutilgan.

Related