Oliy darajadagi muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Albaniya Respublikasi Prezidenti Bayram Begay Faxriy mehmonlar xiyobonida birgalikda daraxt ekdilar.
Ushbu marosim ikki mamlakat xalqlari oʻrtasidagi doʻstlik va oʻzaro anglashuv mustahkamlanib borayotgani, Oʻzbekiston – Albaniya koʻp qirrali munosabatlarini rivojlantirishda yangi bosqich boshlanganining ramzi boʻldi.
