Singapur Prezidenti Toshkent shahriga keldi

23 May 2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Singapur Respublikasi Prezidenti Halima Yaqub 23 may kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.

Poytaxtimiz aeroportida oliy martabali mehmon sharafiga ikki davlat bayroqlari ko‘tarildi va faxriy qorovul saf tortdi.

Singapur Prezidenti va uning turmush o‘rtog‘ini O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Z.Mahkamova, tashqi ishlar vaziri B.Saidov va Toshkent shahri hokimi vazifasini bajaruvchi Sh.Umurzoqov kutib oldi.

Oliy martabali mehmon va Singapur delegatsiyasi a’zolari “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi, mamlakatimizning istiqlol yillaridagi rivojlanishi va ushbu betakror majmuaning yaratilishi tarixi bilan tanishdi, milliy madaniy markazlar vakillari bilan uchrashdi.

Tashrifning asosiy tadbirlari ertaga bo‘lib o‘tadi.

Related