Prezident Samarqandga jo‘nab ketdi

05 Iyun 2023

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston-Qatar sammitida ishtirok etish uchun Samarqandga jo‘nab ketdi.

Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bugun davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keladi. Oliy darajadagi muzokaralar Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi. Muloqotda O‘zbekiston bilan Qatar o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi.

Related