O‘zbekiston Prezidentining Italiyaga rasmiy tashrifi yakunlandi

09 Iyun 2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Italiya Respublikasiga tadbirlarga boy tarixiy tashrifi yakuniga yetdi.

Davlatimiz rahbari Rimda Italiya Prezidenti Serjo Mattarella va Bosh vaziri Jorja Meloni bilan samarali muzokaralar o‘tkazdi. Ikki mamlakat o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiya qabul qilindi.

BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh direktori Syuy Dun’yuy bilan ham uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Milan shahrida ishbilarmonlik tadbirlari o‘tkazildi. Prezidentimiz Lombardiya gubernatori Attilio Fontanani qabul qildi, Italiyaning yirik kompaniyalari vakillari bilan davra suhbati o‘tkazdi hamda to‘qimachilik mashinasozligi ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasidagi tadbirlar yakunlangach, Milanning “Malpense” aeroportida davlatimiz rahbarini Lombardiya viloyati gubernatori Attilio Fontana va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi. Prezidentimiz Toshkentga jo‘nab ketdi.

Related