O‘zbekiston Prezidenti Jiddaga keldi

18 Iyul 2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ikki muqaddas masjid xodimi – Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga keldi.

Jidda shahrining xalqaro aeroportida mamlakatimiz yetakchisini Makka mintaqasi hokimi o‘rinbosari shahzoda Badr bin Sulton Ol Saud va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Sammitning asosiy tadbirlari – “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” formatidagi davlat rahbarlari yig‘ilishi hamda ikki tomonlama muzokaralar ertaga, 19-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Related