O‘zbekiston Prezidentining Saudiya Arabistoniga tashrifi yakunlandi

20 Iyul 2023

Ikki muqaddas masjid xodimi – Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ldi.

Tashrif dasturiga muvofiq davlatimiz rahbari 19-iyul kuni Jidda shahrida “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” formatidagi birinchi sammitda ishtirok etdi va nutq so‘zladi. Tadbir doirasida Saudiya Arabistoni Valiahdi, Bosh vaziri Shayx Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Davlatimiz rahbari muqaddas Makka shahriga borib, umra amallarini ado etdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning amaliy tashrifi yakunlandi, davlatimiz rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.

Related