O‘zbekiston Prezidenti Rossiya bilan parlamentlararo hamkorlikning rivojlanishini qo‘llab-quvvatladi

24 Iyul 2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-iyul kuni Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenko bilan telefon orqali muloqot qildi.

Federatsiya Kengashi Raisi davlatimiz rahbarini tug‘ilgan kuni bilan dildan qutlab, mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va yangi muvaffaqiyatlar tiladi.

Suhbatda O‘zbekiston-Rossiya do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining mustahkamlanishiga xizmat qilayotgan parlamentlararo muloqotlar faol kechayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Related