Ashxobodga amaliy tashrif yakuniga yetdi

04 Avg 2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi.

Davlatimiz rahbari oliy darajadagi uchrashuvlar o‘tkazdi. O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston Prezidentlarining uch tomonlama sammitida ishtirok etdi. Unda mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Tashrif doirasidagi tadbirlar yakunlangach, Prezidentimiz Toshkentga jo‘nab ketdi.

Related