O‘zbekiston Prezidentining Vengriyaga amaliy tashrifi yakunlandi

20 Avg 2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vengriyaga amaliy tashrifini yakunladi.

Budapeshtda davlatimiz rahbari Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan uchrashuvlar o‘tkazdi hamda “OTP” banki boshqaruvi raisi Shandor Chanini qabul qildi.

Mamlakatimiz yetakchisi yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatiga tashrif buyurib, uning doirasida xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan fikr almashdi. Shuningdek, Vengriyaning davlat bayrami – avliyo Ishtvan kuniga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etdi.

Tashrif tadbirlari yakunlangach, davlatimiz rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.

Related