Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoda bo‘ladi

16 Noy 2023

Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlar iqtisodiyoti, muhim ijtimoiy dasturlar ijrosi bilan tanishish maqsadida Surxondaryo viloyatiga jo‘nab ketdi.

Tashrif dasturi keng ko‘lamli. Iqtisodiy yo‘nalishda gazni qayta ishlash, gidroenergetika, charm sanoati, qishloq xo‘jaligi, tadbirkorlik loyihalari ko‘zdan kechiriladi. Ijtimoiy sohalarda ichimlik suvi ta’minoti, mahalla tizimi, sog‘liqni saqlash, yoshlar masalalariga e’tibor qaratiladi.

Related