Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Boku shahriga keldi.
Haydar Aliyev nomidagi xalqaro aeroportda mamlakatimiz yetakchisini Ozarbayjon Bosh vazirining oʻrinbosari Shahin Mustafayev va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Ertaga, 15-oktabr kuni Oʻzbekiston yetakchisi Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha kengashning yettinchi sammitida ishtirok etadi.
Sammit doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham rejalashtirilgan.

