Oʻzbekiston yetakchisi Kambodja Bosh vaziri bilan uchrashdi

15 Okt 2026

Boku shahrida Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha kengash sammiti doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kambodja Qirolligi Bosh vaziri Xun Manet bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Ikki mamlakat oʻrtasidagi amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari koʻrib chiqildi.

Tizimli siyosiy muloqotni yoʻlga qoʻyish, parlamentlararo, madaniy-gumanitar va sayyohlik yoʻnalishlaridagi almashinuvlarni faollashtirish muhimligi taʼkidlandi.

Tovar ayirboshlash hajmini oshirish boʻyicha amaliy choralar koʻrish, jumladan, mamlakatlarning sanoat salohiyatini namoyish etish uchun koʻrgazmalar oʻtkazish va ishbilarmonlik delegatsiyalarining tashriflarini tashkil etish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Tomonlar bu borada savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalaridagi asosiy kelishuvlarni ishlab chiqishni jadallashtirishga kelishib oldilar.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar, xususan, BMT, ShHT, ASEAN, Qoʻshilmaslik harakati va boshqa tuzilmalar doirasidagi yaqin hamkorlikni davom ettirish yuzasidan ham fikr almashildi.

Related