Oʻzbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi

30 Iyul 2026

Choʻlponota shahridagi Chingiz Aytmatov nomidagi “Ruh Ordo” madaniyat markazida Qirgʻiz Respublikasida davlat tashrifi bilan boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi.

Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Oʻzbekiston va Qirgʻiziston davlat madhiyalari yangradi.

Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov faxriy qorovul safi oldidan oʻtib, rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini bir-birlariga tanishtirdilar.

Birgalikda suratga tushilgandan soʻng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

Related