Oʻzbekiston Prezidenti sharafiga rasmiy qabul marosimi oʻtkazildi

23 Noy 2026

Ammоn shahridagi “Al-Husayniya” saroyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev sharafiga Iordaniya Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn tomonidan rasmiy qabul marosimi uyushtirildi.

Davlatimiz rahbari va rafiqasini Iordaniya Podshohi va Malikasi samimiy qarshi oldilar.

Yetakchilar ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari aʼzolarini qutladilar.

Davlatlar madhiyasi yangradi. Birgalikda suratga tushildi.

Tadbirda Iordaniya hukmron oilasi aʼzolari va yuqori martabali davlat arboblari ham ishtirok etdi.

Related