Oʻzbekiston Prezidenti Nara shahri meri bilan uchrashuv oʻtkazdi

20 Dek 2025

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga rasmiy tashrifi doirasida Nara shahri meri Gen Nakagavani qabul qildi.

Madaniy-gumanitar hamkorlikni mustahkamlashga alohida urgʻu bergan holda hududlararo aloqalarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Oʻtmishi uzoq aloqalarga ega boʻlgan Samarqand va Nara shaharlari oʻrtasida birodarlik munosabatlari oʻrnatilgani yuqori baholandi. Samarqand koʻp asrlar davomida Buyuk ipak yoʻlining markazi, Yaponiyaning qadimgi poytaxti Nara esa uning sharqiy darvozasi boʻlgani taʼkidlandi. Bu shaharlar sivilizatsiyalar oʻrtasidagi madaniy koʻpriklar vazifasini bajarib, xalqaro savdo va bilim almashinuvini rivojlantirishda muhim rol oʻynagan.

2027-yilda Nara milliy muzeyida namoyish etiladigan Oʻzbekiston madaniyati va tarixiga bagʻishlangan arxeologik koʻrgazmaga puxta tayyorgarlik koʻrish muhimligi taʼkidlandi. Ushbu loyiha Oʻzbekiston – Yaponiya diplomatik munosabatlari oʻrnatilganining 35 yilligi sharafiga oʻtkaziladigan yirik madaniy tadbir boʻladi.

Gen Nakagava ikki mamlakat va xalqlar oʻrtasidagi abadiy doʻstlik hamda madaniy va tarixiy yaqinlik ramzi sifatida Nara shahridagi yangi bogʻlardan biriga Samarqand nomini berishga qaror qilinganini eʼlon qildi.

Suhbat davomida ikki birodar shahar oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiya aloqalarini faol rivojlantirish hamda qishloq xoʻjaligi, turizm, toʻqimachilik, transport, logistika va shaharsozlik kabi sohalarda kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish zarurligi taʼkidlandi.

Related

ТАРАҚҚИЁТ СТРАТЕГИЯСИ
Migratsiya agentligi samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi
20. Apr 2026
ТАРАҚҚИЁТ СТРАТЕГИЯСИ
Миграция агентлиги самарадорлигини ошириш масалалари муҳокама қилинди
20. Apr 2026
ТАРАҚҚИЁТ СТРАТЕГИЯСИ
“Янги Ўзбекистон ёшлари – 2030” стратегияси амалга оширилади
20. Apr 2026
ТАРАҚҚИЁТ СТРАТЕГИЯСИ
“Yangi Oʻzbekiston yoshlari – 2030” strategiyasi amalga oshiriladi
20. Apr 2026
ТАРАҚҚИЁТ СТРАТЕГИЯСИ
Ўзбекистон ва Қозоғистон: рақамли ҳамкорлик янги босқичда Сўнгги йилларда Ўзбекистон ва Қозоғистон ўртасида ахборот-коммуникация технологиялари (АКТ) соҳасидаги ҳамкорлик изчил равишда кенгайиб, стратегик аҳамият касб этмоқда. Бу ҳамкорлик нафақат икки давлат ўртасидаги иқтисодий алоқаларни мустаҳкамламоқда, балки Марказий Осиёда ягона рақамли маконни шакллантиришга хизмат қилмоқда. Мустаҳкам ҳуқуқий пойдевор
20. Apr 2026
ТАРАҚҚИЁТ СТРАТЕГИЯСИ
“Жамоат саломатлиги ва хавфсизлигини таъминлаш мақсадида трансмиллий наркотаҳдидларга қарши курашиш” мавзусидаги халқаро форум иштирокчиларига
19. Apr 2026